"Spartak" va "Napoli" g‘alaba qozondi, "Lester" esa pley-offga chiqa olmadi

  • 10 dekabr, 2021, 00:48
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa ligasi guruh bosqich so‘nggi turidan o‘rin olgan "Napoli" - "Lester" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda neapolliklar 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Mezbonlar safida Elmas dubl qayd etdi. Shuningdek, Unas bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. "To‘lkilardan" Evans va Dyusberi Xoll raqib darvozasiga to‘p kiritdi.



Shuningdek, "C" guruhidan o‘rin olgan "Spartak" - "Legiya" o‘yini ham yakuniga etdi. Unda Bakaevning yagona goli bahs taqdirini hal qildi. 

Shunday qilib, ushbu guruhda "Spartak" 10 ochko bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuncha ochko to‘plagan "Napoli" ikkinchi pog‘onadan joy olgan. 8 ochkoga ega "Lester" Evropa konferentsiyalar ligasida ishtirok etsa, Legiya guruhda qolib ketdi. 


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!