"Spartak"ning Rossiyadagi o‘rni kabi "Neftchi" ham milliy jamoa

  • 20 iyul, 2019, 15:44
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ozarbayjonning "Neftchi" jamoasi Evropa Ligasi ikkinchi saralash bosqichida Tulaning "Arsenal" klubiga raqiblik qiladi. Bokuliklar yarim ximoyachisi Emin Mahmudov o‘z jamoasi haqida fikr bildirdi.

Tecno

- "Neftchi" Ozarbayjonning eng sovrindor jamoasi. Oxirgi 6 yil davomida "Qorabog‘" etakchilik qilmoqda, ammo so‘nggi mavsum biz ham chempionlikka yaqin edik.

Aytgancha, Rossiyaning "Spartak" klubi kabi "Neftchi" ham mamlakat milliy jamoasi hisoblanadi. Bundan kelib chiqib, men milliy jamoa safida to‘p suryapman (kuladi). Ha, bizning asosiy homiyimiz "SOCAR" davlat neft kompaniyasi hisoblanadi. Ishoning bu "Zenit"dagi "Gazprom" bilan bir xil emas, - dedi Mahmudov.

"Arsenal" - "Neftchi" o‘rtasidagi birinchi bahs 25 iyul kuni Tulada bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yini esa 1 avgust kuni bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!