“Spetsiya”: Bu ishni faqat Shomurodov uddaladi!

  • 26 mart, 2023, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Butun dunyo bo‘ylab FIFA kunlari davom etmoqda va mamlakatlar terma jamoalari rasmiy uchrashuvlar yoki o‘rtoqlik o‘yinlarida o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazyapti.

Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan “Spetsiya”da legionerlar ko‘p jamoalardan hisoblanadi. Liguriyaliklar safidagi futbolchilardan 12 nafari turli mamlakatlar terma jamoalari a’zolari hisoblanadi. Aksariyati o‘z yurtining milliy va yoshlar termalaridan chorlov olgan va xalqaro maydondagi bahslarda qatnashmoqda.

“Spetsiya” klubi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, bir necha futbolchi o‘z terma jamoasida maydonga tushdi. Jamoaning asosiy to‘purari Mbala Nzola Afrika Millatlari ligasining saralash turniridagi uchrashuvda qatnashdi.

824530_ori__20210922191132_m_bala_nzola

Nzola o‘ynayotgan Angola terma jamoasi muhim bahsda Gana mehmoni bo‘ldi. “Spetsiya” hujumchisi bu bellashuvda 65 daqiqa harakat qildi, biroq mezbonlar darvozasiga yo‘l topa olmadi. Uchrashuv taqdirini hakam tomonidan o‘yindagi to‘xtalishlar uchun qo‘shib berilgan daqiqalarning oltinchisida ganalik Antuan Semeno tomonidan kiritilgan gol hal qildi.

Mag‘lubiyatdan keyin Angola ganaliklarni turnir jadvalida birinchi pog‘onaga o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Sloveniyaning 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan terma jamoasiga chaqirtirilgan Tio Tsipot slovakiyaliklarga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida 77 daqiqa to‘p tepdi. Bu bellashuvda kuchlar teng keldi, o‘yin golsiz yakunlandi.

Eldor Shomurodov bilan bir paytda – yanvar oyida “Spetsiya”ga olib kelingan Latviya terma jamoasi hujumchisi Raymonds Krollis Irlandiyaga safar qildi. Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi maqomidagi ushbu bellashuvda mezbonlarning qo‘li baland keldi – 3:2.

Raymonds Krollis o‘yinga ikkinchi bo‘lim boshida qo‘shilgan bo‘lsa-da, raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.

“Spetsiya”ning iste’dodli futbolchilaridan Yulius Bek Daniyaning 18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat terma jamoasida ishtirokidagi o‘yinda qatnashdi. Norvegiya yoshlar terma jamoasi mezbonlik qilgan  o‘rtoqlik uchrashuvida 2:1 hisobida daniyalik yoshlarning qo‘li baland keldi.

Nihoyat, “Spetsiya”ning asosiy jamoasi vakillaridan Eldor Shomurodov xalqaro maydondagi muvaffaqiyatli yurishini davom ettirdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistonida tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida birinchi o‘rtoqlik uchrashuvini Boliviya terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Janubiy Amerika vakillari bilan bo‘lganmurosasiz bahs taqdirini Eldor Shomurodovning yagona goli hal qildi.

Shomurodov “Spetsiya” futbolchilari orasida o‘z mamlakati terma jamoasi safida maydonga tushib, gol urgan yagona o‘yinchi bo‘lib turibdi.

bc8eeca7f11ed8bbb9386562f131c

Endi  Srechko Katanets shogirdlari 28 mart kuni ikkinchi o‘rtoqlik bellashuvida qatnashadi. Bu galgi raqib Venesuela terma jamoasi bo‘ladi.

Bundan tashqari, Eldor Shomurodovni A Seriyada muhim uchrashuv ketib turibdi. “Spetsiya” 2 aprel kuni musobaqa jadvalida o‘zidan bir pog‘ona yuqorida turgan “Salernitana” vakillarini qabul qiladi.

Bo‘lajak bahsda “Spetsiya”ning asosiy to‘purari Mbala Nzola ogohlantirishlar soni beshtaga etgani sababli maydonga tushmaydi. O‘yinda asosiy hujumchi vazifasini Eldor Shomurodov bajarishi kutilmoqda.  

Shomurodov va Lukaku tandemini ko‘ramizmi?

Shomurodov Antonio Konte qo‘l ostida to‘p tepishi mumkin

Bugun “Afsungar”ning tavallud kuni

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ХОЛМУРОДОВ АМИР
26/03/2023 06:05
Женоадаги уйинлари йуколиб колган
ХОЛМУРОДОВ АМИР
26/03/2023 06:00
Шома гол уриши керак булмаса бахоси тушить кетади
ХОЛМУРОДОВ АМИР
26/03/2023 06:02
Специя асосий таркибига Кириши керак
&
+79151450305
25/03/2023 23:37
Zo'r bulardi Shomurodov asosiyda tushsa