
"Spetsiya"ning keyingi raqibi qaysi jamoa?
"Spetsiya" tarkibiga kelib qo‘shilgan legionerimiz Eldor Shomurodov A Seriya doirasida "Napoli" bilan bo‘lgan o‘yinda yangi jamoasi safida debyut qildi.
Afsuski, maydonda 76 daqiqada harakat qilgan hamyurtimiz bellashuvda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ya olmadi.
27 yoshli o‘zbekistonlik hujumchimiz A Seriyaning keyingi turida o‘zini ko‘rsata olishi mumkin. Sababi, raqib chempionatning o‘rtamiyona jamoasi "Empoli" hisoblanadi. Mazkur jamoalarning ilk davradagi to‘qnashuvida ham aynan spetsiyaliklar 1:0 hisobida zafar quchgandi.
Ma’lumot uchun, "Empoli" - "Spetsiya" bahsi 11 fevral kuni 19:00da start oladi.
Fikrlar