
Sport kurashlari. Abror Ataboev - Osiyo chempioni!
Sport kurashlari bo‘yicha Qozog‘istonda o‘tayotgan Osiyo chempionatining ikkinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda. -67 kg vazn toifasida barcha raqiblarni mag‘lub etgan Abror Ataboev oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, hamyurtimiz finalda yaponiyalik Kyotaro Sobagega hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Bu 21 yoshli kurashchimizning kattalar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida erishgan birinchi chempionligi.
Fikrlar