
Sport kurashlari. Bugun Bekzod Abdurahmonov va yana 4 nafar kurashchimiz jahon chempionatida gilamga chiqadi
Bugun erkin kurashchilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashadi. Ushbu kun dasturida Bekzod Abdurahmonov, Ilyas Bekbulatov kabi nomdor 4 nafar erkin kurashchimiz saralash bahsida qatnashsa, qizlarimizdan Svetlana Oqnazarova bronza medali uchun ligamga chiqadi.
Erkin kurash, saralash:
-70 kg: Ilyas Bekbulatov – Antoni Vesley (Kabo-Verde)
-79 kg: Bekzod Abdurahmonov – Muhammad Akdeniz (Turkiya)
-86 kg: Bobur Islomov – Shota Shirai (Yaponiya)
-125 kg: Hasanboy Rahimov – Magomedgadji Nurasulov (Serbiya)
Ayollar kurashi, bronza medali uchun:
-72 kg: Svetlana Oqnazarova – Aleksandra Angel (Ruminiya)
Fikrlar