
Sport kurashlari. Hasanboy Rahimov xalqaro musobaqada sovrindor bo‘ldi
Misrda o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha xalqaro musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ilk medalini qo‘lga kiritdi. Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, kechagi dasturda Hasanboy Rahimov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
-125 kg vazn toifasida bahs olib borgan polvonimiz ilk bosqichda polshalik Kamil Kosyolekka mag‘lub bo‘ldi. Polyak kurashchisi finalgacha etib borgach yurtdoshimizda bronza medali uchun imkoniyat paydo bo‘ldi va u bundan unumli foydalandi. Ahamiyatlisi, Rahimov o‘tish bosqichida ushbu vazndagi boshqa bir sportchimiz Sardorbek Xolmatovni, bronza medali uchun kurashda esa xitoylik Benxin Duanni dog‘da qoldirishga erishdi.
Fikrlar