Sport kurashlari. Osiyo chempionatining dastlabki kunida 3 ta medal qo‘lga kiritildi!

CHERY AUTO

Astana shahrida (Qozog‘iston) sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatining birinchi kuni yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Tecno

-63 kg vaznning finalida kurashgan Shermuhammad Sharibjonov eronlik Imron Muhammadiga imkoniyatni boy berib, kumush medalga ega chiqdi. Ixtiyor Botirov (-55 kg) hamda Jalgasbay Berdimuratov (-87 kg) bronza medali uchun kechgan bahsni muvaffaqiyatli yakunlab, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olishdi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!