
Sport kurashlari. Yoshlarimiz jahon chempionatida 6 ta medal qo‘lga kiritishdi
Turkiyada sport kurashlari bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada 1 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Yunon-rum kurashchilarimiz 1 ta kumush hamda 2 ta bronza, kurashchi qizlarimiz esa 3 ta bronza medallariga egalik qilishdi. Afsuski, bu gal erkin kurashchilarimiz shohsupaga ko‘tarila olishmadi.
Sovrindorlar ro‘yxati:
Kumush medal:
-48 kg: Shahzod Ro‘ziohunov
Bronza medal:
-55 kg: Aytjan Xalmaxanov
-65 kg: Islombek Karimjonov
-40 kg: Shohista Shonazarova
-43 kg: Nilufar Nurmuhammadova
-53 kg: Sohibjamol Esbosinova
Fikrlar