
Sport kurashlari. Yunon-rum kurashlarida uch nafar sportchimiz oltin medal uchun gilamga chiqadi
Poytaxtimizda sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati boshlanganligi haqida xabar berib o‘tgandik. Musobaqaning kunduzgi dasturida yunon-rum kurashi bo‘yicha saralash bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra uch nafar sportchimiz hal qiluvchi final bosqichiga yo‘l olib, oltin medal sohibiga aylanish uchun juda qulay imkoniyatga ega bo‘lib turishibdi.
Demak, bugun kechki dastur bahslarida polvonlarimiz oltin medallar uchun gilamga chiqadilar.
-55kg: Amirbek Sultonov – Din Muhammad Koshkar (Qozog‘iston)
-60kg: Asilbek Nematov – Shahin Mufrad (Eron)
-110kg: Muhammadali Saydullaev – Sungjun Eun (Janubiy Koreya).
Yana uch nafar hamyurtimiz esa bronza medali uchun kurash olib boradi:
-48kg: Abror Otaboev – Jianjung Yang (Xitoy)
-51kg: Lazizxon O‘zbekov – Imon Muhammadi (Eron)
-92kg: Aborbek Nurmuhammedov – Artik Orozbekov (Qirg‘iziston)
Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi soat 17:30da boshlanadi. 18:00dan boshlab esa final janglarga start beriladi.
Fikrlar