
"Sport" telekanali Evropaning kuchli beshlik chempionatlaridan birining translyatsiya huquqini qo‘lga kiritdi
"Sport" telekanali Evropa kuchli beshlik chempionatlaridan biri hisoblangan Germaniya Bundesligasi translyatsiya huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda telekanal direktori Zohid Karimov ijtimoiy tarmoqdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.
- Uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining namoyish huquqini qo‘lga kiritdik. Bugundan Bundesliga "Sport" telekanalida, - deya yozib qoldirgan "Sport" telekanali direktori Zohid Karimov.
Fikrlar