"Sport" telekanali O‘zbekiston MTJning 9 yil oldingi o‘yinini namoyish etadi
O‘zMTRK tarkibidagi "Sport" telekanali bugundan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi tarixiy o‘yinlar namoyishini boshlaydi. Bu haqda telekanalning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi xabar tarqatdi.
Unga ko‘ra, bugun soat 21:45 da JCh-2014 3-saralash bosqichi 3-turidan o‘rin olgan KXDR va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi bahs efirga uzatilishi rejalashtirilgan.
Yodingizda bo‘lsa, 2011 yilning 11 oktyabr sanasida o‘tgan ushbu bellashuvda Aleksandr Geynrixning yagona goli termamizga ushbu bosqichdagi ikkinchi g‘alabani keltirgan edi.



Fikrlar