
"Sport" telekanali yana bir tarixiy o‘yinni namoyish etadi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda MTRK tarkibidagi "Sport" telekanali O‘zbekiston milliy terma jamoasi, klublarimizning xalqaro maydondagi tarixiy o‘yinlarini namoyish etib kelmoqda.
Telekanalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozilishicha, bugun "Hamdo‘stlik kubogi-2007" final uchrashuvi efirga uzatiladi.
O‘sha mavsum Toshkentning "Paxtakor" jamoasi musobaqada chempionlikni tantana qilgan edi. Finalda "sherlar" Latviyaning "Ventspils" klubiga qarshi maydonda saf tortgan.
Mazkur tarixiy bellashuv soat 22:00 da namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar