"Sport TV" direktori Zohid Karimov "Futbol TV" rahbariga "otvet" qaytardi (foto)

  • 5 avgust, 2022, 15:44
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kechadan beri OAVda Angliya Premer ligasi O‘zbekistonning qaysi telekanalida translyatsiyasi qilinishi keng muhokama qilinmoqda. "Futbol TV" rahbari Oybek Ortiqov o‘z instagram sahifasida mazkur vaziyatga to‘xtalib o‘tgan edi. O‘z navbatida "Sport" telekanali direktori Zohid Karimov ayblovlarga javob berdi.

Tecno

"APL masalasida turli fikrlar bildirilmoqda. Ochig‘i huquq masalasi bozorini tushunmasdan "fatvo" chiqarayotganlar baribir aybdor qidiraveradi. "Sport TV" APLni ko‘rsatish bo‘yicha savdolarga kirishgani ham yo‘q, rejada ham bo‘lmagan. Sababi olinganlarini sig‘dirishning o‘zi qiyin.

Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, APLni O‘zbekiston hududida "Setanta Sports" ko‘rsatmoqchi. Shuning uchun MTRK yoki "Sport" telekanalini ayblashda tuxmatdan tiyiling. (Murojaat egasini topadi degan umiddaman).

Biz imkoniyatimizga qarab musobaqalarni olamiz", — deydi Zohid Karimov tvitterdagi sahifasida.

pj[

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
05/08/2022 16:44
имкониятимиз йук деб хам утириш ярамайди! Имкониятни яратиш керак!