SPORTS.uz Belgrad-2021. Xorijlik bokschi: Oltin medalni qo‘lga kiritsam, uni o‘zbekistonlik murabbiyga taqdim etaman
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun O‘zbekiston nomidan birinchi bo‘lib Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev (-67 kg) ringga ko‘tarildi. U yaponiyalik Sevonrets Okazava bilan to‘nash keldi. Jangda hamyurtimiz imkoniyatni boy berdi.
G‘alaba qozongan yaponiyalik bokschi Okazava SPORTS.uz saytiga qisqacha intervyu berdi.
SPORTS.uz Belgrad-2021. Yaponiyalik murabbiy oltin medallarga qaysi davlatlar da’vogarligi haqida gapirdi

SPORTS.uz Belgrad-2021. Xorvatiyalik murabbiy: Men o‘zbek bokschilarining jangini bevosita ringda tomosha qilishdan mamnunman
- Ushbu g‘alabamda Vladimir Nikolaevich Shinning (O‘zbekiston terma jamoasining sobiq murabbiyi) xizmatlari katta. U insondan ko‘p narsa o‘rganmoqdamiz. Vladimir Nikolaevich Shin bizni oddiy ovqatlanishimizdan tortib, massajlarga ham e’tibor berardi.
Agar musobaqada chempion bo‘lsam, oltin medalni aynan o‘zbekistonlik Vladimir Nikolaevich Shinga taqdim etaman, - dedi Okazava.
Fikrlar