SPORTS.uz Belgrad-2021. Yaponiyalik murabbiy oltin medallarga qaysi davlatlar da’vogarligi haqida gapirdi

  • 31 oktabr, 2021, 19:32
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. 

Tecno

Musobaqa davomida Yaponiya terma jamoasi murabbiyi Xirokune Moto SPORTS.uz saytiga chempionatda qaysi davlatlar medallarga asosiy favorit ekanligi borasida fikrlarini ma’lum qildi.

- Yaponiya terma jamoasining boks bo‘yicha jahon chempionatiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdi.

Vladimir Nikolaevich Shin (O‘zbekiston terma jamoasining sobiq murabbiyi) viza bilan ba’zi muammolarga duch kelgani uchun Serbiyaga etib kela olmadi.

Jahon chempionatida O‘zbekiston eng kuchlilardan biri. Menimcha Kuba, Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston medallar uchun asosiy da’vogar. O‘zbek bokschilariga omad, - dedi Yaponiya terma jamoasi murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!