
SPORTS.uz saytida chiqqan Ektor Kuper borasidagi xabarga O‘FA rasmiysining izohi
Bugun SPORTS.uz O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper lavozimidan ozod etilgani to‘g‘risida xabar chop etildi. Xabarda shuningdek, argentinalik mutaxassisning o‘rniga Vadim Abramov tayinlanishi, bu borada O‘FA rahbariyati Abramov bilan muzokara o‘tkazgani to‘g‘risida yozilgandi.
SPORTS.uz: Ektor Kuper lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga kim tayinlanishi ham ma’lum
Ushbu ma’lumot qanchalik to‘g‘ri ekanligini bilish maqsadida SPORTS.uz sayti xodimi O‘FA rasmiylariga yuzlandi. Ular esa Ektor Kuper hozircha lavozimidan ozod etilmagani, hali argentinalik mutaxassis bilan kelajak rejalari borasida rahbariyat gaplashib olishini ma’lum qilishdi. Shuningdek, Ektor Kuper murabbiylik lavozimida bo‘lganligi uchun O‘FA boshqa murabbiy bilan muzokara o‘tkazmaganini va bu to‘g‘ri emasligini ma’lum qilishdi.
Vadim Abramov: Terma jamoaga qaytishim borasidagi gap-so‘zlarni eshitish quloqqa yoqadi
Bir so‘z bilan aytganda, SPORTS.uz saytida chiqqan Ektor Kuper borasidagi xabarni O‘FA rasmiylari noto‘g‘ri ekanligini ma’lum qilishdi. Biz esa voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar
Биттаси бориди трактор (хозирги Локо) жамоасини тренери роса татализатор дан шунака зур сокка киларди. Трактор бугун 3-1 хисобида ютказади. Трактор уйинчиси кизил карточка олади. Битта пенальти. Хуллас шунака гаплар. Тасавур киваман. Терма жамоамиз Канака хисобда юткизиб нечта уйинчи кизил олишини.
Хар кандай хабар, айникса хозирги кунда энг долзарб мавзу булиб турган хабарларни чоп этишдан олдин текшириб сунгра чоп этиш керакмасми ?
Кани бу ерда МА'СУЛИЯТ, кани бу ерда укувчига булган ХУРМАТ.
Спортс.уз сайтини нечта рахбар бошкармокда ???
Сайтимиздан изох кутиб коламиз.