SPORTS.uz talqini bo‘yicha Millatlar Ligasi guruh bosqichi ramziy terma jamoasi

Bosh murabbiy: Dide Desham (Frantsiya)

Frantsuzlar uchun qiyin guruhlardan joy olish muammoga aylanmay qolgan ko‘rinadi. Albatta, yangi avlod vakillarining tajribali futbolchilariga uyg‘unlashib ketayotgani buning asosiy sababi. Ham futbolchi, ham murabbiy sifatida o‘z millatining afsonasiga aylanib ulgurgan Dide Desham esa jamoa murabbiyligida ancha barqaror o‘yin namoyish etmoqda. U yuqori notada faoliyat olib borishda davom etmoqda. Ammo, fikrimcha, Qatar maydonlarida bo‘lib o‘tadigan mundial u uchun so‘nggisi bo‘ladi. Yuqori nuqtada keta bilish ham muhim.

Millatlar Ligasi guruh bosqichida kuchli murabbiylar ko‘p bo‘ldi. Ammo Desham jamoasi har jihatdan eng yaxshi natijani qayd etdi.

deschamps

Darvozabon: Janluiji Donnarumma (Italiya)

Italiya va darvoza so‘zlari yonma-yon kelar ekan, xuddi shu ismdagi Buffon nomi xayolimizga keladi. Ha, u tirik afsona, hamon faoliyatini olib bormoqda. Ammo uning yoshlarga o‘rnini bo‘shatadigan payti keldi. Bugun uning o‘rnini kelajakda afsonaviy adashidan o‘tib ketishga ham da’vo qiladigan Donnarumma egallagan. 

Millatlar Ligasi guruh bosqichining eng kam gol o‘tkazib yuborgan darvozabonlaridan biri aynan u bo‘ldi. Atigi 2 ta gol o‘tkazib yuborgan jamoani A liga guruh bosqichidan topa olmaysiz. 

Italy+Training+Session+Press+Conference+cjqR97g2TF6x

Chap qanot himoyachisi: Rafael Gerreyru (Portugaliya)

Bugungi kun chap qanot himoyasi vakillari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishayotgan futbolchi bu - Rafael Gerreyru. “Borussiya” Dortmund vakili Millatlar Ligasi guruh bosqichi mobaynida tinimsiz ravishda jamoasining natijalarida o‘zini yaxshi taraflama ko‘rsata oldi. Gollardagi ishtiroki va hujumdagi faolligi uning himoyadagi harakatlariga “desert” bo‘lib beradi.

1091196_imgw968

Markaziy himoyachi: Serxio Ramos (Ispaniya)

Ispanlarning almashtirib bo‘lmas jangchisi va sardori ramziy terma jamoamizning markaziy himoyasidan joy oldi. Yana 2 ta penaltidan foydalana olgan taqdirda, to‘purarlar jadvalida ham yanada yuqoriroq pog‘onani egallashi mumkin edi. 

Germaniyaga qarshi bellashuvda amalda barcha narsa hal bo‘lib ulgurgandan so‘ng, jarohat olib maydonni tark etdi. Bu orqali klubi safidagi bir nechta muhim bellashuvlarni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi. 

Sergio-Ramos-and-Spain-Players

Markaziy himoyachi: Jeyson Denayer (Belgiya)

Belgiyaliklar eng sermahsul jamoalardan biri bo‘ldi. Hujumdagi futbolchilarning xotirjam harakat qilishida himoyadagi ishonch muhim faktor hisoblanadi. “Siti”dagi muvaffaqiyatsiz mavsumlardan so‘ng, “Lion”da porlayotgan Jeyson Denayer har taraflama foydali harakatlari bilan ajralib turdi. 

fce64

O‘ng qanot himoyachisi: Benjamen Pavar (Frantsiya)

Frantsuzlarning ideal futboli vakillaridan biri hisoblangan Benjamen o‘ng qanot himoyasida guruh bosqichida ishtirok etgan eng yaxshisi bo‘ldi, nazarimizda. Yosh iqtidor egasi o‘z qanotidagi ulkan raqobatga qaramay, 4 ta bellashuvda maydonda harakat qilishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu bahslarning birida gol urishga ham erishdi. 

7fb04

Markaziy yarim himoyachi: Nikolo Barella (Italiya)

Italyanlar yarim himoyasining yosh va shu bilan birga tajribali futbolchisi guruh bosqichida ancha yorqin futbol namoyish etdi. Bo‘yi ancha past, jussasi biroz kichik bo‘lishiga qaramay, Nikolo yakkakurashlarda ustunlikka erishib keladi. 

Bitta gol va assist amalga oshirgan italiyalik xavbek jamoasi bilan pley-offda jiddiy sinovlarga tayyor turishi kerak.

Nicolo-Barella

Markaziy yarim himoyachi: Yuriy Tilemans (Belgiya)

Markaziy yarim himoyachilar orasida eng kuchli o‘yinni “Lester” yarim himoyachisi ko‘rsatdi, taxminimizcha. Gollaridagi chiroy masalasi esa alohida mavzu. Klubdagi o‘yinlarini ham terma jamoadagi kabi barqaror ko‘rinishga keltirib olsa, uni grand klublar safida ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. 

0_Belgium-v-England-UEFA-Nations-League-League-A-Group-2-King-Power-Stadion-At-Den-Dreefts

Hujumkor yarim himoyachi: Kristian Eriksen (Daniya)

Daniya terma jamoasining etakchi a’zosi eng sermahsul futbolchilardan biri hisoblanadi. “Inter” tarkibida o‘yinini topib keta olmasligiga til masalalari ham sabab bo‘layotgan ko‘rinadi. Chunki, terma jamoadagi o‘yinlari klubdagidan tubdan farq qiladi. 4 ta gol bilan guruh bosqichining eng kuchli to‘purarlari qatoridan o‘rin olgan yarim himoyachining klubdagi faoliyatida ham omad tilaymiz. 

christian_eriksen_of_denmark_during_the_fifa_2018_world_cup_qual_606043

Chap qanot vingeri: Joau Felish (Portugaliya)

1- va 4- guruhlardan joy olgan taqdirda, portugallar final bosqichida ishtirok etgan bo‘lar edilar. Guruh bosqichining eng yorqin jamoalaridan biri hisoblangan Fernandu Santush shogirdlari yakuniy turnirdan chetda qolib ketishga majbur bo‘ldi. 

“Atletiko” va terma jamoa safida yuqori darajadagi o‘yin namoyish etayotgan futbolchi allaqachon milliy jamoaning etakchi a’zosiga aylanib ulgurgan. 2 ta gol va 1 ta assist muallifiga aylangan Joau kelgusida Krishtianuga yaxshi voris bo‘la oladi. 

joao_felix_selecao

O‘ng qanot vingeri: Ferran Torres (Ispaniya)

Ispanlar tarkibida haqiqiy kashfiyotga aylangan Ferran Torres o‘ng qanotdagi kuchli o‘yinlari bilan ajralib turdi. So‘nggi turda Germaniya terma jamoasiga qarshi kechgan bellashuv uning benefisiga aylanib ketdi. Xet-trik orqali u to‘purarlar jadvalidagi holatini ancha yaxshilab olishga muvaffaq bo‘ldi. Amalda aynan mana shu o‘yin “qizil furiya”ni pley-offga olib chiqdi. 

ferran-torres-spain

Markaziy hujumchi: Romelu Lukaku (Belgiya)

Xoh klub, xoh terma jamoa safida bo‘lsin, Romeluni to‘xtatib bo‘lmayapti. Guruh bosqichining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan (5 ta gol) “Inter” etakchisi 1 ta assist ham amalga oshirdi. Gol+pas tizimi bo‘yicha u tengsiz. E’tiborlisi, ketma-ket uchrashuvlarda golli seriyasi uzilmay kelmoqda. 

1605761962-88

Top5 (2)

Abdulvosid Valixonov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!