Srechko Katanets: Bunday maydonda o‘ynash men uchun futbol emas, shunchaki, sportning boshqa turi

  • 15 noyabr, 2023, 23:45
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Turkmanistonga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"To‘liq tarkib bilan bir kun mashg‘ulot o‘tkazdik. Bilasiz, terma jamoada ko‘p mashg‘ulot o‘tkazish uchun imkoniyat bo‘lmaydi. Shu sababli bizni ertaga qiyin o‘yin kutib turibdi desa ham bo‘ladi. Raqib ham yaxshi jamoa. Barcha raqiblarga katta hurmat bilan qarash kerak. Qolaversa, Turkmaniston termasining bir nechta yaxshi futbolchilari bor. Ertangi o‘yinda futbolchilarimdan maksimal kuch bilan o‘ynashlarini kutib qolaman. 

Tayyorgarlikda o‘zgacha holatlar bo‘lmadi, doimgidek tayyorlandik. Raqibning o‘yin uslubiga bog‘lanib qolmasligimiz kerak. Birinchi o‘rinda o‘zimizning o‘yinimizni, kuchli tomonlarimizni ko‘rsata olishimiz lozim.

Bilasiz, ertaga sun’iy maydonda o‘ynaymiz. Bunday darajadagi o‘yin uchun bu kabi stadionda o‘ynash yaxshi holat emas. Bunday maydonda o‘ynash men uchun futbol emas, shunchaki, sportning boshqa turi, balki, buni futzal yoki boshqa nimadir deb ham nomlasa bo‘ladi.

Bu maydonda futbolchilarning jarohat olishi ham osonlashadi, shuningdek, boshqa xavf ham bor. Turkmaniston haqida gapiradigan bo‘lsam, raqibning vingerlari juda tez, ular standart holatlarida juda xavfli. Bu futbol, biz birinchi gol urishimiz mumkin yoki aksincha ular birinchi bo‘lib urishi mumkin. Saralashning ilk o‘yini barcha uchun juda muhim.

Hozirdan kim o‘ynay olishini ayta olmayman. Ammo ertaga o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni namoyish qilishga harakat qilamiz. Bunga va’da beraman. Bu jamoa bilan ishlayotganimga 2 yildan oshdi. O‘yinga tayyorlash borasida hali muammo bo‘lgani yo‘q. Futbolchilar doimo 100 foiz kuch bilan o‘ynashadi. Shu bois ertaga chiroyli o‘yin ko‘rishimiz mumkin", - dedi mutaxassis.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Jumayev Azizbek
16/11/2023 13:10
МТЖ омадини берсин, ютайлик.
&
Mn
16/11/2023 12:25
Катанием нотугри гапирипди футзал дейдими ундай демай уйнаш керак чунки худди шу майдон да ракиб хам уйнайди улар хам жахон чемпионатига чикишни хохлайди
&
Усмонбек
16/11/2023 08:30
Туркманларга хурмати саклаган холда бу жамоани ютмасак ЖЧ торисида орзу кимасаям булади сунийми асфалтми шудгорми бу бохона булмаслиги керак
Nuriddin Umarov
16/11/2023 05:47
Суний, муний кетмайди, ютиш керак, ютамиз!
&
Дувлан
15/11/2023 23:53
Худо хохласа м.т.ж.миз ютади 2жамоаям сунний майдонда қийналиб ўйнайди,зўри ютади.