
Stanislav Cherchesov: Evro-2020 da kubok uchun kurashamiz
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov Evro-2020 da jamoa o‘z oldiga qanday maqsad qo‘yganini aytdi.
“O‘zimizni yaxshi ko‘rsatishni xohlaymiz va kubok uchun kurashamiz. Yarim yildan keyin nima bo‘lishini bilmaymiz. 30 noyabr kuni qur’a tashlash marosimi bo‘ladi va biz o‘z raqiblarimizni bilib olamiz. Ana shundan so‘ng vaziyatni to‘g‘ri baholab, futbolchilarni shunga tayyorlaymiz”, - deydi rossiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi guruhda 2-o‘rin bilan final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar