
Stefanos Tsitsipas barchani lol qoldirdi
Gretsiyalik tennischi Stefanos Tsitsipas Rotterdam shahrida o‘tayotgan musobaqaning ikkinchi davrasiga muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Stefanos turnirning birinchi davrasida polshalik Xubert Gurkachga qarshi kortga chiqib, yakunda 6:7, 6:3, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi "ABN AMRO World Tennis Tournament"ning ikkinchi bosqichida Tsitsipas sloveniyalik Alyaj Bedenga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar