
Stenli kubogi. Sharqiy konferentsiyada dastlabki finalchi aniqlandi
Toshkent vaqti bilan bugun tongda "Karolina Xarrikeynz" hamda "Nyu-York Aylanders" jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi va yakunda poytaxtliklar 2:5 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Shu tariqa seriyada 4:0 hisobida raqibdan ustun kelgan "Karolina" Sharqiy konferentsiyada dastlabki finalchiga aylandi.
Ularga kelgusi bosqichda "Boston Bryuinz" — "Kolambus Blyu Djekets" (2-2) qarama-qarshiligida g‘olib chiqqan klubga qarshi muzga chiqishadi.
Qayd etish joiz, "bo‘ronlar" so‘nggi 10 yil ichida ilk bor Konferentsiya finaliga qadar etib kelishdi. So‘nggi bor "Karolina" 2009 yilgi mavsumda Konferentsiya finaliga chiqqan va seriyada 0:4 hisobida "Pittsburg Pingvinz"ga imkoniyatni boy bergan.
Fikrlar