Sterling: Tanqidlarga e’tibor bermaslikni o‘rgandim

  • 6 iyul, 2021, 18:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi hujumchisi Raxim Sterling o‘ziga nisbatan bo‘ladigan tanqidlar haqida gapirdi.

Tecno

“Mening Angliya terma jamoasidagi faoliyat yo‘lim qiyin bo‘ldi. Ilgari, to‘pga tegishimdan oldin ham adolatsiz tanqidlarga duch kelganman. Yoshligimda bu bilan kurashish menga qiyin edi.

Ba’zi narsalar sizga ta’sir qilishi mumkin. Ehtimol siz bu fikrga qo‘shilmassiz, ammo jurnalist yoki sobiq futbolchining bittagina izohi sizning miyangizda qolishi mumkin. Tajriba orqali men bu narsalarga e’tibor bermaslikni o‘rgandim”, - dedi Sterling BBC ga bergan intervyusida.

7 iyul, chorshanba kuni Angliya terma jamoasi “Evro-2020” yarim finalida Daniyaga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!