
Suares ayni paytda dunyoning eng yaxshi hujumchisi kim ekanligini aytdi
Urugvaylik hujumchi Luis Suares Angliya Premer ligasining navbatdagi turi doirasidagi "Manchester Siti" - "Manchester Yunayted" uchrashuvida xet-trik qayd etgan Erling Xolandning o‘yiniga munosabat bildirdi.
"Do‘stim, tabriklayman. Ajoyib o‘yin ko‘rsatding. Sen ayni paytda dunyodagi eng yaxshi hujumchisisan", - deb yozdi "Liverpul" va "Barselona"ning sobiq hujumchisi Xolandning posti ostidagi izohga.
Ma’lumot o‘rnida, futbolchi "Manchester Siti" libosidagi 11 o‘yindan 17 ta gol urdi.
Fikrlar