Suares “Barsa”dan o‘ch ololmaydi

  • 17.11.2020 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona”ni majburan tark etgan Luis Suares “Atletiko”ning asosiy hujumchilaridan biriga aylanib qoldi. Lekin urugvaylik futbolchi La Liganing navbatdagi turida kataloniyaliklarga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Urugvay terma jamoasi tarkibida koronarusga test topshirgan Suaresning natijalari unda infektsiya borligini tasdiqladi. Bu haqda Urugvay futbol federatsiyasi rasman ma’lum qildi.

Endi Suares bir necha uchrashuvda ishtirok etolmaydi. Xususan, tajribali hujumchi o‘z mamlakati terma jamoasi safida 18 noyabr kuni Braziliyaga qarshi bo‘ladigan bahsda maydonga tushmaydi.

Shuningdek, Suares o‘zi o‘ch olish uchun intizorlik bilan kutgan uchrashuv – 21 noyabr kuni “Barselona”ga qarshi o‘yinni ham o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi

“Barselona”: Kim qaerga ketadi?

“Yuventus” “Barsa” ko‘zlagan futbolchini olish uchun eski tanishini ishga soladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!