Suares JChdan keyin qaysi klub safiga o‘tishi aniq bo‘ldi

  • 5 oktabr, 2022, 11:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"RAC1" nashri xabariga ko‘ra, hozirda "Nasonal" jamoasida to‘p tepayotgan urugvaylik hujumchi Luis Suares kelajagi borasida bir qarorga keldi.

Oldinroq, "Naconal" prezidenti Xose Fuentes Suaresning shartnomasi yakunlanganidan so‘ng jamoani tark etishini ma’lum qilgandi. Futbolchi va klub o‘rtasidagi bitim 2022 yil oxirida tugaydi.

Manbaga ko‘ra, Qatardagi jahon chempionatidan so‘ng 35 yoshli futbolchi “Los-Anjeles Gelaksi” safiga erkin agent sifatida  o‘tadi.

2022 yilning iyul oyida "Nasonal" qaytgan Suares klub tarkibida 11 uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!