Suares Meksika chempionatida o‘ynashi mumkin

  • 18 dekabr, 2022, 01:20
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda erkin agent bo‘lib turgan Luis Suaresning keyingi manzili Meksika chempionati bo‘lishi mumkin. “Kruz Azul” klubining prezidenti futbolchini qo‘lga kiritmoqchi ekanligini aytdi.

Siz uchun hozir hech qanday yangiligim yo‘q, lekin biz muzokaralar o‘tkazmoqdamiz. Maqsadimiz Suaresni jamoamizga olib kelish. Biz sabr-toqatli bo‘lishimiz kerak”, - dedi Viktor Velaskes.

Avvalroq urugvaylik hujumchi “Nasional” klubi bilan shartnomani bekor qilgandi. Uning “Inter Mayami”ga o‘tishi haqida mish-mishlar mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!