Suares "Yuventus"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi
"Barselona" forvardi Luis Suares o‘zining "Yuventus"ga kutilayotgan transferi bo‘yicha gapirib o‘tdi.
“Ha, “Yuventus”ga o‘tishim mumkin”, - dedi 33 yoshli urugvaylik futbolchi. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Bundan avvalroq Suares Italiyaga kelgani va italyan tili bo‘yicha o‘tkazilgan imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgani haqida xabar berilgan edi. Ammo keyinroq ma’lum bo‘ldiki, “Yuventus” “Roma” forvardi Edin Jeko nomzodiga to‘xtalgan.

Fikrlar