
Suaresni Angliyaga qaytarishmoqchi
“Barselona”ni tark etishi kutilayotgan Luis Suaresni “Lester” klubi o‘z safiga chorlamoqda.
Inglizlar 33 yoshli to‘purarni qo‘lga kiritishda “Ayaks”, “Yuventus” va AQShning qator klublari bilan raqobatlashishga tayyorligini bildirgan.
Brendan Rojers “Lester” hujumida Jeymi Vardi va Luis Suares tandemini o‘ynatishni orzu qilmoqda. Uning rejasi bo‘yicha bu ikki hujumchi jamoani yuqori o‘rinlarga olib chiqishi lozim.
Suares, “Barselona”ni tark etishga rozi bo‘lgan. Faqat uning shartnomasi hali yakunlanmagani bois urugvaylik hujumchi kataloniyaliklardan 25 million evro miqdorida kompensatsiya talab qilmoqda.
Fikrlar