Sulsher “Barsa” yulduzini oladigan bo‘ldi

  • 21 may, 2021, 09:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yozgi transferlar vaqtida “Sevilya” himoyachisi Jyul Kundeni olish fikridan qaytdi. Frantsiyalik futbolchi o‘z mamlakat terma jamoasiga chaqirtirildi va Evropa chempionatidan keyin uning narxi yanada ko‘tarilishi kutilmoqda.

Ule-Gunnar Sulsher uning o‘rniga “Barselona”ning ko‘p yillik yulduzlaridan biri Jerar Pikeni taklif qilishni istamoqda.

Jerar Pike o‘z vaqtida manchesterliklar tarkibiga kira olmaganidan keyin “Barselona”ga o‘tib ketgan edi. 34 yoshli himoyachi kataloniyaliklar safida 556 ta uchrashuvda maydonga tushdi va sakkiz marta Ispaniya chempioni bo‘ldi, uch marta Evropa Chempionlar ligasida zafar quchdi.

Shuningdek, Pike Ispaniya terma jamoasida 103 ta o‘yin o‘tkazgan.

“Barselona” rahbariyati katta maosh olayotgan va jamoaga avvalgidek foyda keltira olmayotgan himoyachini qo‘yib yuborishga qarshi emasligini bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!