Sulsher bir urinishda ikki muammodan qutildi

  • 30 yanvar, 2021, 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Sulsher jamoaga foydasi tegmayotgan ikkita futbolchidan qutildi.

Anchadan beri asosiy tarkibga kira olmayotgan yarim himoyachi Jessi Lingard ijara asosida “Vest Xem”ga ko‘chib o‘tdi. Hozircha, Lingard mavsum oxirigacha yangi jamoa bilan birga bo‘ladi. “Vest Xem”ning maoshini to‘lab borishi lozimligi aytilmoqda.

Joriy mavsumda Sulsher bu futbolchini premer-ligada umuman o‘ynatmadi.

Yana bir ortiqcha o‘yinchi – Markos Roxo Evropani tark etishga qaror qildi. Unga premer-liga jamoalari “Sheffild Yunayted” va “Kristal Pelas”dan taklif borligiga qaramay, Roxo Argentinaga qaytib,  “Boka Xuniors” sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!