
Sulsher bu futbolchini olsa, boshqasini “Roma”ga qo‘yib yuboradi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher tarkibni kuchaytirish maqsadida “Leyptsig”ning frantsiyalik himoyachisi Nordi Mukiele transferini amalga oshirmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, manchesterliklar Nukieleni jamoaning tajribali himoyachisi Aaron Van-Bissakga raqobatchi sifatida olib keladi. Agar bu transfer amalga oshsa, “Manchester Yunayted” asosiy tarkibga kirishga qiynalayotgan Diogu Dalotni qo‘yib yuboradi.
Portugaliyalik himoyachi o‘tgan mavsumda ijara asosida “Milan” sharafini himoya qilgan. Milanliklar hamon unga qiziqish bildirmoqda. Biroq, Diegu Dalot bilan “Manchester Yunayted”da birga ishlagan JozeMourino ham sobiq shogirdini “Roma”ga olib kelish niyatida.
23 yoshli Mukiele joriy mavsumda Bundesligada ettita uchrashuvda qatnashib, himoyada mustahkam o‘ynashdan tashqari o‘z hisobiga bittadan gol va assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar