Sulsher g‘alaba golini kiritgan Ronalduni maqtadi

  • 21 oktabr, 2021, 17:00
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan bahsda "Manchester Yunayted" Italiyaning "Atalanta" jamoasi ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan so‘ng mankuniyaliklar bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

"Agar kimdir Ronalduni mehnatkashlik borasida tanqid qilmoqchi bo‘lsa, shunchaki bugungi uchrashuvni tomosha qilsin, u qanday harakat qilayotganini ko‘rsin. Krishtianu raqib jarima maydoni oldida shunchaki zo‘r o‘ynaydi.

Men uning hujumkor harakatlaridan juda xursandman. Undan bosim uyushtirishini so‘ragandik va u buni uddaladi. Tomoshabinlarning qo‘llab-quvvatlashi ham ajoyib bo‘ldi. Ronaldu markaziy hujumchi qilishi kerak bo‘lgan hamma narsani qildi. Gol uning eng yaxshi harakatlari samarasidir",-deya norvegiyalik mutaxassis so‘zlarini keltirmoqda "Daily Mail" nashri.

Ma’lumot uchun, "qizil iblislar" 3-turdan keyin 6 ochko to‘plagan holda, "F" guruhida peshqadamlik qilib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!