
Sulsher har ikkita o‘yinda bitta gol uradigan hujumchi topdi
“Manchester Yunayted” mutasaddilari “Atalanta” yoshlar jamoasi sardori Alessandro Kortinovis transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Atalanta” yoshlar jamoasining asosiy yulduzi hali birinchi jamoaga jalb qilinmagan bo‘lsa-da, kelajagi porloq o‘yinchi sifatida tan olinmoqda. Yarim himoyada to‘p tepadigan Alessandro o‘tgan mavsumda primaverada jami 24 ta uchrashuv o‘tkazib, 12 ta gol urishga erishdi.
Ta’kidlash joizki, “Atalanta” va “Manchester Yunayted” o‘zaro do‘stona aloqaga ega. O‘tgan yili manchesterliklar Amad Diallo uchun “Atalanta” tarixidagi eng katta summa – 35 million funtni to‘lab bergan edi.
Fikrlar