Sulsher hayratda. Matematik olim “Manchester Yunayted”ni chempion qilishga keldi

  • 9 oktabr, 2021, 17:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” jamoa o‘yinini kuchaytirish uchun Excel yordamida tahlil o‘tkazish bo‘yicha mutaxassis Dominik Jordan xizmatlaridan foydalanadigan bo‘ldi.

Tecno

Matematika bo‘yicha mamlakatning taniqli mutaxassisi raqamlar va kompyuter dasturi tahlillari orqali jamoaning o‘yin sifatini oshirishi kerak.

- Yildan yilga sport industriyasiga tahlil tobora chuqur kirib bormoqda. Ilgari hech kim bunga jiddiy qaramagan, hozir esa vaziyat tubdan o‘zgardi. Buning mohiyati o‘yin sifatini oshirish uchun har qanday imkoniyatni ishga solishga borib taqaladi, - dedi Dominik Jordan.

Ule-Gunnar Sulsher jamoasi katta transferlarni amalga oshirganiga qaramay, barqaror o‘yin ko‘rsata olmayapti. Shu bois, klub xo‘jayinlari sport natijalarini ilmiy salohiyat yordamida ko‘tarmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!