
Sulsher ishongan futbolchi pul uchun boshqa klubni tanladi
“Real”ni tark etishga qaror qilgan Rafael Varan “Manchester Yunayted”ga o‘tishi haqida ko‘plab xabarlar tarqatilgan edi. Manchesterliklar ustozi Ule-Gunnar Sulsher ham frantsiyalik futbolchini o‘z jamoasida kutayotgan edi.
Biroq, Varan Evropa chempionatidan keyin boshqa klubga o‘tadigan bo‘lyapti. Ma’lumotlarga qaraganda, frantsiyalik himoyachi PSJni tanlagan. Manbalarning taxminicha, parijliklar o‘z odatiga ko‘ra, futbolchiga boshqalardan ko‘proq maosh taklif qilgan va uning fikrini o‘zgartirgan.
“Real” futbolchining shartnomasi borligini inobatga olib, bu transfer uchun 50 million evro talab qilyapti.
Fikrlar