Sulsher "Manchester Yunayted"ga munosib emas

  • 20 oktabr, 2021, 11:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Liverpul"ning sobiq sardori Jeymi Karrager "Manchester Yunayted"ning hozirgi muvaffaqiyatsizliklari bosh murabbiy Ule Gunnar Sulsher bilan bog‘liq deb hisoblaydi.

“Sulsherning uslubini kim ta’riflay oladi? U nima ish qiladi? Ole doimo o‘tmishdagi MYu haqida gapiradi, lekin bu ko‘proq tarix darsiga o‘xshaydi. Sulsher bu hikoyaning bir qismi edi - bu ajoyib edi, lekin u hozir nima qilyapti? Uning fikri nima? Bu qanday reja?

Sulsher "Yunayted" bilan APL yoki Chempionlar ligasini yuta olmaydi. Bu Klopp, Tuxel yoki Gvardiola darajasidagi murabbiy emas, ular ko‘p yillik tajribaga va ko‘p sovrinlarga ega. Agar Ole kubokni olsa, u o‘z ishini saqlab qolishi kerak degan fikrni eshitdim. "Manchester Yunayted" faqat Angliya kubogi yoki Evropa ligasini yutadi - va bu sodir bo‘lgan taqdirda ham, ular yangi murabbiyga muhtoj bo‘ladi.

Bu Sulsherni tanqid qilish emas, lekin bunday jamoaga boshqa yuqori saviyali murabbiy kerak”, - dedi Karrager.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!