
Sulsher o‘zini hayratga solgan hujumchini Manchesterga chaqirmoqda
Chempionlar ligasida “Barselona”ni darvozasini ishg‘ol qilgan “Benfika” hujumchisi Darvin Nunes “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Susher e’tiboriga tushdi.
Iste’dodli hujumchi 3:0 hisobidagi g‘alabaga munosib hissa qo‘shib, kataloniyaliklar darvozasini ikki marta aniq nishonga oldi.
“Manchester Yunayted” mutasaddilari urugvaylik futbolchini olib kelib, uni asosiy tarkibda uzoq yillar etakchilik qiladigan hujumchi sifatida tarbiyalamoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Benfika” bosh murabbiyi Jorje Jezush klub prezidentijan Nunesga xaridor chiqsa, uni Joau Felishdan qimmatroq narxga sotishni tayinladi. Ma’lumki, “Atletiko” Felish uchun 125 million evro to‘lagan edi.
Darvin Nunes o‘tgan yili 29 ta uchrashuvda 24 ta gol urganidan beri ko‘plab grandlar nishonida turibdi. Joriy mavsumda esa, Portugaliya chempionatida beshta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qildi.
Fikrlar