
Sulsher Ronaldu MYuda qachon debyut qilishini aytdi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher jamoaning yangi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya premer-ligasida qachon debyut qilishiga oydinlik kiritdi.
- Ronaldu biz bilan ajoyib haftani o‘tkazdi. U albatta maydonga tushadi. Hamma uning qaytganidan xursand. Jamoada muhit zo‘r. Biz shanba kuni bo‘ladigan bahsni intizorlik bilan kutyapmiz, - dedi Sulsher.
11 sentyabr kuni “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Nyukasl”ni qabul qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.
Fikrlar