
Sulsher Ronalduni qachongacha o‘ynamoqchi ekanini aytdi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher Krishtianu Ronaldu faoliyatini uzoq vaqt davom ettirayotganidan hayratlanmasligini bildirdi.
- Agar Ronaldu 40 yoshgacha to‘p tepsa ham, bunga ajablanmayman. Bu borada u o‘zini nazorat qilayotgani va geni muhim rol o‘ynaydi. Shunga qaramay, u bor kuchini berib o‘ynaydigan futbolchilar toifasidan. Jismoniy holati tahsinga loyiq, - dedi “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi.
36 yoshli Ronaldu Angliyaga kelishi bilan gol urishga kirishib ketdi. U premer-ligada ikkita uchrashuvda uchta, Chempionlar ligasida bitta bahsda bir marotaba gol urdi.
Fikrlar