Sulsherga "bo‘ri" kerak

  • 28.03.2021 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” rahbariyati “Vulverxempton” yarim himoyachisi Pedru Netuni jamoaga olib kelishn rejalashtirmoqda.

Agar manchesterliklar yozgi transferlar vaqtida “Borussiya” etakchisi Jeydon Sanchoni qo‘lga kirita olmasa, aynan Pedru Netu birinchi raqamli nomzodga aylanadi. Dortmundliklar o‘tgan yozda Sanchoni 120 million evroga qo‘yib yubormagan edi. Biroq, endi bu narx pasayishi kutilmoqda. Chunki angliyalik futbolchi avvalgidek sermahsullik namoyish eta olmayapti va “Borussiya”dagi etakchilik mavqeini Erling Xolandga boy bergan.

Pedru Netu esa “Vulverxempton”ning eng sermahsul o‘yinchisi hisoblanadi. Portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda beshtadan gol va assist muallifi bo‘ldi. Premer-ligaga kelgunga qadar Ispaniya chempionatida 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichlarni qayd etgan.

“Manchester Yunayted” bu futbolchi uchun 50 million funt to‘lashga tayyorligini bildirgan. Mavsumni moliyaviy zarar bilan o‘tkazayotgan “bo‘rilar” bu taklifni qabul qilishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!