
Sulsherga chempion futbolchi kerak
Ispaniya chempionatida “Real” va “Barselona”ni ortda qoldirib, chempion bo‘lgan “Atletiko” futbolchilar Evropaning grand klublari tomonidan talash bo‘lmoqda.
Xususan, “Manchester ,nayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher o‘z jamoasida qanot himoyachisi Kiran Tripperni ko‘rmoqchi.
Ayni paytda klub rahbariyati ispaniyaliklar bilan muzokara olib bormoqda. Kiran Tripper o‘z yurtiga qaytadigan bo‘lsa, mankunianlar tarkibida to‘p surayotgan Aaron Van-Bissaka bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
30 yoshli himoyachining “Atletiko” bilan amaldagi bitimi yakunlanishiga yana ikki yil bor. Shunga qaramay, uning transferi 20 million evroga baholanyapti.
Chempionlik mavsumida Kiran 28 ta uchrashuvda qatnashib, oltita golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar