Sulsherning o‘rniga qaysi murabbiy kelishi aniq

  • 27 oktabr, 2021, 14:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzod kim bo‘lishiga oydinlik kiritib oldi.

Tuttomercatoweb xabariga ko‘ra, norvegiyalik mutaxassis iste’foga chiqarilgan taqdirda “qizil iblislar” Antonio Konteni taklif qilishmoqchi. Aytish kerakki, italiyalik mutaxassis MYuning taklifiga og‘zaki rozilik bildirgan.

Qayd etilishicha, Sulsherning jamoadagi taqdiri “Tottenxem”, “Atalanta” va “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinlardagi natijalarga bog‘liq. Agar uning jamoasi ushbu bahslarda muvaffaqiyat qozonsa, u o‘z lavozimini saqlab qolishi mumkin.

Kontening so‘nggi ish joyi Milanning "Inter" klubi bo‘lgan edi. U “neradzurrilar” boshqaruvini shu yilning may oyi oxirida tark etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!