Sulsherning o‘rnini kim egallashi oshkor bo‘ldi

  • 10 noyabr, 2021, 09:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsherning kursisi qimirlab qoldi.  Garchi klub xo‘jayinlari norvegiyalik mutaxassisni ishdan olishga shoshilmasligini ta’kidlagan bo‘lsa-da, uning o‘rniga munosib nomzod topib qo‘ydi.

Caught Offside  nashrining ma’lum qilishicha, Sulsher iste’foga chiqarilsa, uning o‘rnini “Lester”ni muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Brendan Rojers egallaydi.

Bu mutaxassisning o‘zi ham “Old Trafford”ga ko‘chib o‘tishga qaro‘i emas. Biroq, u jamoani mavsum o‘rtasida emas, chempionat o‘yinlari yakunlanganidan keyin qabul qilib olmoqchi.

Murabbiyning bu talabiga “Yunayted” vakillari ko‘nmay turibdi va u bilan hozirdan kelishib olishga harakat qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!