Sun’iy intellekt UFC dagi muammoni hal qilishi mumkin

  • 03.10.2024 15:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kundan-kunga takomillashib, insoniyatni ishsiz qoldirishi taxmin qilinayotgan sun’iy intellekt UFC ga ham kirib kelmoqda. Promoushen rahbari Dana Uayt jangchilarning reytingini shakllantirishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi. 

"Reyting tuzishda muammolar bor. Bu haqdagi ba’zi fikrlarga qo‘shilaman. Shu bois ham sun’iy intellektni promoushenga olib kirib, bu masalani uzil-kesil hal qilmoqchiman", - dedi Dana Uayt.

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi turnir - "UFC 307" 6 oktyabr kuni AQSh ning Solt-Leyk-Siti shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!