Superfutbolchi qo‘rqqanidan “Barselona”ga o‘tmadi

  • 21 fevral, 2021, 19:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ futbolchisi Marko Verattining sobiq agenti Donato di Kampli uning mijozi 2017 yilda “Barselona”ga o‘tishga yaqin kelganini, biroq qo‘rqoqligi uchun bunga erisha olmaganini aytdi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, o‘shanda kataloniyaliklar Verrattini o‘z safiga chorlagan. Futbolchi rozilik berganidan keyin agenti muzokara olib borgan.

- Marko “Barselona”ga o‘tib ketmoqchi, Messi bilan o‘ynab, Ispaniya chempioni bo‘lmoqchi edi. Men unga “Bavariya”, “Barselona” yoki “Real”ni tavsiya qilgandim. PSJ uni qo‘yib yubormasligi ma’lum bo‘lganidan keyin Verratti uni zaxiraga o‘tqazib qo‘yishlaridan qo‘rqib, o‘z maqsadidan voz kechdi, - dedi Donato di Kampli.

Donato di Kamplining aytishicha, PSJ rahbariyati Verrattidan “Barselona” bilan muzokara olib borgan agentini ishdan bo‘shatishni talab qilgan. Xo‘jayinlar italiyalik yarim himoyachini Parijda qolishga ko‘ndirish uchun maoshini oshirib, Neymarni olib kelishga va’da qilgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!