Superfutbolchi uchun kimoshdi savdosi boshlandi

  • 08.01.2023 18:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Evropaning eng qudratli klublari Qatardagi jahon chempionatida porlagan 20 yoshli himoyachi Yoshko Gvardiol uchun “Leyptsig” jamoasiga pul taklif qila boshladi.

Taniqli jurnalist Alfredo Pedullaning ma’lum qilishicha, birinchi bo‘lib “Chelsi” Xorvatiya terma jamoasi o‘yinchisi uchun 80 million evro taklif qilgan. “Real” birinchi urinishda “aristokratlar”dan 10 million evro ko‘proq pul bermoqchi bo‘ldi.

Har ikki taklif “Leyptsig”ni qoniqtirgani yo‘q.

“Real” ikkinchi murojaatida 120 million evroni ikkiga bo‘lib to‘lamoqchi ekanini va qo‘shimcha bonuslar berilishini ma’lum qildi. “Manchester Siti” 100 million evro tikib, masalani birdaniga hal qilmoqchi bo‘lyapti.

O‘z navbatida, “Chelsi” klubi iste’dodli futbolchiga har mavsum uchun 9 million evrodan maosh to‘lamoqchi. Madridliklar esa, Gvardiolaning xizmat haqini 6 million evroga baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!