Superfutbolchini olamiz! "Real" xo‘jayini "Siti"dagi inqirozdan foydalani b qolmoqchi
Angliyaning eng mashhur klublaridan «Manchester Siti» moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun aybdor deb topildi.
Manbalarga ko‘ra, «Real» klubi «Manchester Siti» atrofidagi vaziyatni juda diqqat bilan kuzatmoqda. «The Athletic» nashri yozishicha, ingliz jamoasi moliyaviy feyr-pley bo‘yicha qo‘zg‘atilgan 115 ishdan 114 tasida aybdor deb topilgani haqida xabarlar tarqalgan.
Bu holat oqibatida «Manchester Siti» so‘nggi mavsumlarda qo‘lga kiritgan APL chempionliklaridan mahrum etilishi, shuningdek, umuman Premer-ligadan chiqarib yuborilishi mumkin. Krisis yanada chuqurlashsa, klub yetakchi futbolchilarini sotishga majbur bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Bunday sharoitda «Real» «Manchester Siti» futbolchilari uchun asosiy da’vogarlardan biriga aylanishi mumkin.
Ayniqsa, so‘z Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand haqida ketmoqda. OAVda ancha vaqtdan beri «Real» prezidenti Florentino Peresning ushbu forvardga bo‘lgan qiziqishi haqida yozib kelinmoqda. Ingliz klubi atrofidagi muammolar esa Holandning Madridga ko‘chib o‘tishi ehtimolini yanada oshirib qo‘ydi.

Fikrlar