Supergol urgan legionerimiz tur ramziy jamoasidan o‘rin oldi (foto)
Belarus chempionati 24-turi doirasida 3 nafar legionerimiz harakat qilayotgan "Energetik-BGU" jamoasi o‘z maydonida "Vitebsk" bilan 2:2 hisobidagi jangovar durangga imzo chekdi.
Mehmonlar safida 1-gol Shahzod Ubaylullaev tomonidan kiritildi. Jarima maydoniga oshirilgan to‘pni hamyurtimiz chalqancha uslubda darvozaga yo‘lladi.
Ushbu harakati orqali Shahzod ichki chempionatning ramziy jamoasidan o‘rin egalladi.




Fikrlar