Supergol va assist: O‘zbek legioneri o‘yin qahramoni bo‘ldi!

  • 5 aprel, 20:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari bu yilgi Qozog‘iston chempionati Premer-ligasida Turkiston viloyatining “Turon” jamoasiga muxlislik qilmoqda.  

Tecno

Sababi oddiy – bu jamoa sharafini to‘rt nafar o‘zbek futbolchisi – Shahboz Umarov, Odilbek Abdumajidov, Xurshid Muxtorov va yosh hujumkor o‘yinchi Behruz Asqarov himoya qilmoqda.

Turkistonliklar mavsumning birinchi uchrashuvida Shahboz Umarovning goli va assisti tufayli “Okjetpes”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. Biroq keyingi ikki bellashuvda “Turon” Premer-liganing kuchli klublari – “Aktobe” va amaldagi chempion “Qayrat”ga bir xil – 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

To‘rtinchi turdan o‘rin olgan “Qizil-Jar”ga qarshi uchrashuv ham safarda to‘p tepgan turkistonlik uchun muvaffaqiyatsiz boshlandi. Mezbonlar 36-daqiqadayoq hisobni ochdi. Biroq ularning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi.

Goldan to‘rt daqiqa o‘tib, Shahboz Umarov uch nafar himoyachi va darvozabonni dog‘da qoldirib, jamoadoshiniq ulay pozitsiyaga chiqardi. Igor Stasevich legionerimiz yaratib bergan imkoniyatni boy bermadi va bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.

O‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Qizil-Jar” hujumni yanada kuchaytirdi va tanaffusgacha yana hisobda oldinga chiqib oldi.

“Turon” murabbiylar shtabi o‘yinni o‘zgartirish maqsadida 57-daqiqada maydonga Behruz Asqarovni tushirdi. Aynan 22 yoshli legionerimiz uchrashuv qahramoni bo‘ldi.

Behruz bahsga qo‘shilganidan o‘n daqiqa o‘tib, boshi bilan supergol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu iste’dodli futbolchimizning Qozog‘iston chempionatidagi debyut goli bo‘ldi.

Asqarov bu bilan kifoyalangani yo‘q. Jamoasining hujumlarini tashkil qilishda jonbozlik ko‘rsatdi. Nihoyat, uchrashuvning oxirgi daqiqalarida bir pas bilan jamoadoshi Luka Zagurskiyni darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqardi. Rossiyalik hujumchi qulay vaziyatdan unumli foydalanib, g‘alaba to‘pini kiritdi.

“Turon”dagi qolgan uch nafar legionerimiz – Shahboz Umarov, Odilbek Abdumajidov hamda Xurshid Muxtorov bu bellashuvda to‘liq harakat qildi.

G‘alabadan so‘ng turkistonlik jamg‘arilgan ochkolar sonini oltitaga etkazib, yana yuqori o‘rinlar uchun kurashga qo‘shildi.

Endi legionerlarimiz jamoasi chempionatning beshinchi turida o‘z muxlislari guvohligida kuchli klublardan biri – “Astana” futbolchilarini qabul qiladi. Bu bellashuv 19 aprelga belgilangan.   

Raneri Shomurodov yordamida “Yuventus” himoyasini yorib tashlamoqchi!

Pyanich Fayzullaevga “Barsa”ga o‘tish yo‘lini o‘rgatdi
“Manchester Yunayted” afsonasi Roy Kin Husanovni kelajakda nimalar kutayotganini aytdi
Agent Fayzullaev Evropaga qachon ketishini aytdi. Manzil faqat TOP-LIGA!

Fayzullaevning “Benfika”ga transferi barbod bo‘lgan. Sababi aniq...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!